Oʻzbekiston – Rossiya: transport-logistika sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

18:54 05 Oktyabr 2023 Siyosat
639 0

Qozon shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston – Rossiya III hududlararo hamkorlik forumi doirasida ikki mamlakat hududlari oʻrtasida transport-logistika, sanoat, turizm va yoshlar sohalarida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan panel sessiyalari boʻlib oʻtdi.

Xususan, “Transport va logistika sohasidagi sheriklik: Rossiya va Oʻzbekiston yangi chaqiriqlar dunyosida” mavzusida tashkil etilgan panel sessiyada transport-logistika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi. Ishtirokchilar ikki mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan maqsadlarga samarali erishish uchun transport-logistika loyihalari, shuningdek, sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish tashabbuslari muhimligini qayd etishdi.

Tadbir qatnashchilari ikki mamlakatning shaharlari, viloyatlari va iqtisodiy oʻsish markazlarini bogʻlovchi transport aloqalarini hamda umuman Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi taʼminot zanjirlarini rivojlantirishga amaliy hissa qoʻshishga intilib, quyidagilarga kelishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?