Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi bilan uchrashdi

09:43 04 Dekabr 2022 Jamiyat
617 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 2-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri hamkasbini YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtgani, shuningdek, Polshaning tashkilotga raisligi munosib yakunlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Polsha munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. 2023-yilda iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining 8-majlisini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari ham koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?