Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri, Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muzokaralar avvalida Hukumat Raisi oʻrinbosari Denis Manturov davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 5-7-oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi oʻtgan yil yakunlariga koʻra 6,6 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda. 2023-yilda boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiya yigʻilishlari, hududlar, taʼlim va tibbiyot forumlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
Oʻzaro savdoning oʻsish surʼatlarini davom ettirish, kooperatsiya loyihalarini, shu jumladan joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uchinchi bor oʻtkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi negizida yanada ilgari surish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring