Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qoʻshma tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.
Savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratiladi, hududlar oʻrtasidagi aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
Sammit yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring