Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bakalavriat va magistratura boʻyicha oʻquv jarayoni tashkil etiladi

Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmonidan koʻra:
Akademiyada 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutgan holda tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida oliy taʼlimning ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura boʻyicha toʻlaqonli oʻquv jarayoni tashkil etiladi:
bakalavriat boʻyicha oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi hamda ixtisoslik va yuridik fanlarni oʻqitish, shuningdek, chuqurlashtirilgan stajirovkani tashkil etish orqali kadrlarni maqsadli tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha magistraturasiga qabul surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi tuzilmalarining hamda prokuratura organlarining amaldagi xodimlari (harbiy xizmatchilari) orasidan amalga oshiriladi;
Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat hamda magistraturasiga oʻqishga qabul qilish Vasiylik kengashining vakolatli aʼzoci raislik qiladigan idoralararo qabul komissiyaci tomonidan tashkil etiladigan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va test sinovlari orqali amalga oshiriladi;
Akademiyada taʼlim olish muddati bakalavriat dasturi boʻyicha – uch yilni, tergov faoliyati yoʻnalishidagi magistratura dasturi boʻyicha – bir yilni tashkil etib, bitiruvchilarga oliy yuridik taʼlimning tegishli bosqichlarini yakunlaganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi diplomlar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring