Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlash toʻgʻrisida
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Davlatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qoʻshayotgan katta hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ulkan demokratik oʻzgarishlarni, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish borasidagi samarali faoliyati uchun quyidagilar “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin:
1. Fuat Oktay - Turkiya Respublikasi Vitse-Prezidenti
2. Manturov Denis Valentinovich - Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri
3. Xolid Abdulaziz al-Falih - Saudiya Arabistoni Podshohligi Investitsiyalar vaziri
4. Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy - Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri
5. Lyuk Devin - Yevropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori oʻrinbosari
6. Van Yanchji - Ipak Yoʻli Jamgʻarmasi prezidenti – Direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)
7. Deniyel Rozenblyum - AQSHning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
8. Guliyev Guseyn Rzagulu oʻgʻli - Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
9. Chernikova Alevtina Anatolyevna - Rossiya Federatsiyasining “MISiS” milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori
10. Malыshev Vladimir Sergeyevich - Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori
11. Tregulova Zelfira Ismailovna - Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)
12. Ziyadullayev Nabi Saidkarimovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring