Oʻzbekiston Qirgʻiziston poytaxtida savdo uyi ochishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston Qirgʻiziston poytaxtida savdo uyi ochish va Bishkek-Toshkent logistika yoʻlagi loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirgʻiziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi maʼlum qildi.
Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligi rahbari Baxit Sidiqov va Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Akram Aliyev oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtib, unda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mamlakatlar oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard AQSH dollariga yetkazish rejasi muhokama qilindi. Shuningdek, Qirgʻiziston tomoni ham Toshkentda savdo uyi ochish maqsadini maʼlum qilgan.
Taʼkidlash joiz, 2024-yilda ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmi 846 million dollarni tashkil etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring