Oʻzbekiston qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 10-12-fevral kunlari poytaxtimiz qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi.
Ayollar oʻrtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli sablyachilari gʻoliblik uchun shiddatli jang olib borishadi.
Gimnastika sport saroyida oʻtadigan musobaqa Parij-2024 siklidan avval jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiladi.
Ayni paytga kelib, AQSH, Koreya Respublikasi, Gretsiya, Vengriya, Ozarbayjon kabi 12 terma jamoa ushbu turnir uchun tarkibini eʼlon qilib ulgurdi. Vladimir Nazlimov boshchiligidagi sportchilarimiz shu kunlarda Yangioboddagi oʻquv-mashgʻulot bazasida mazkur musobaqaga hozirlik koʻrishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring