Oʻzbekiston Qatar uchun mehnat migrantlarini tayyorlab beradi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda asosiy eʼtibor Oʻzbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga qaratildi.
2023-yilning 6-iyun kuni Samarqand shahrida ikki davlat Hukumatlari oʻrtasida «Qatar Davlati hududida ishchi kuchi bandligini tartibga solish toʻgʻrisida»gi bitim imzolangan. Uchrashuvda ushbu bitimni hayotga tatbiq etish mexanizmlariga toʻxtalib oʻtildi.
Qatar davlat Mehnat vazirining taʼkidlashicha, ushbu mamlakatda ayni vaqtda tibbiyot, taʼlim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori. Qatarda ishlash istagida boʻlganlarni qiynayotgan eng katta masala bu til toʻsigʻi ekanligi aytib oʻtildi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev ushbu muammoni yechish boʻyicha shu yerdagi mavjud tajribadan kelib chiqib ishchi kuchini maqsadli tayyorlash boʻyicha oʻz takliflarini berdi.
Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri xorijdan borib ishlovchilarning huquqlari davlat tomonidan mustahkam himoya qilinishi, ayni maqsad va koʻrsatkichlar 2008-yilda tasdiqlangan «Qatar Vision – 2030» dasturida ham oʻz aksini topganligini maʼlum qildi. Shuningdek, xorijlik ishchilarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy sugʻurtasi, oylik, transport va yashash joylari xarajatlarini ish beruvchi tomonidan toʻliq qoplash yoʻlga qoʻyilganligini, hamda chetdan borib ishlovchi ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qoʻmita tashkil etilganligini aytib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring