Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan keng koʻlamli sheriklikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koʻrfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari yigʻilishi doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni qabul qildi.
Saudiya Arabistoni tashqi siyosiy idorasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni va keng koʻlamli sheriklikni oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Bugungi kunda turli darajalarda faol muloqotlar va delegatsiyalarning oʻzaro tashriflari davom etmoqda. Oʻzaro savdo hajmi, qoʻshma korxonalar va aviaqatnovlar soni oshib bormoqda.
“Yashil” energetika, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, IT va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari boshlangan.
Boʻlajak tadbirlar, shu jumladan 2025-yilda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqotining ikkinchi sammitiga puxta tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibidagi boshqa masalalar, xususan, Afgʻonistondagi vaziyat va Falastin muammosini tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring