Oʻzbekiston Prezidenti OPEK Xalqaro jamgʻarmasi rahbarini qabul qildi

19:42 01 May 2024 Siyosat
520 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi dasturi doirasida OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari OPEK jamgʻarmasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim oʻrnini qayd etib, Oʻzbekistonda sanoat, infratuzilma, suv taʼminoti va boshqa sohalarda moliyalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini yuqori baholadi.

Forum davomida imzolangan qiymati 500 million dollarlik bitim doirasidagi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi. Hujjatda turizm, logistika, farmatsevtika, ekologiya, xotin-qizlar tadbirkorligi va yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash kabi yangi yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?