Oʻzbekiston Prezidenti XXR Raisi Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yigʻinining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.
Davlatimiz rahbarining qutlovida soʻnggi yillarda Xitoy Si Szinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli koʻrilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovatsion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritgani alohida taʼkidlangan.
Xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mutlaqo yangi - har tomonlama strategik sheriklik darajasiga koʻtarishga XXR Raisining qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.
Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan davlatlarimizning koʻp qirrali hamkorligi bundan keyin ham xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.
Oʻzbekiston Prezidenti Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan zafarlar, doʻst Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring