Oʻzbekiston Prezidenti YEXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) amaldagi raisi, Shvetsiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Ann Linde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatimizning YEXHT bilan konstruktiv sherikligini rivojlantirish, Oʻzbekiston bilan Shvetsiya oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari YEXHT bilan samarali muloqotning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Shvetsiyaning tashkilotga raisligining ustuvor yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatladi.
Keyingi yillarda, shu jumladan ushbu nufuzli mintaqaviy tashkilotning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori ofisining izchil saʼy-harakatlari tufayli oʻzaro muloqot va almashinuvlar jadallashgani taʼkidlandi.
Suhbatda Oʻzbekiston Prezidenti YEXHT bilan koʻp qirrali sheriklikni, avvalo, mamlakatimizda muhim ichki siyosiy tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik doirasida kengaytirishning asosiy yoʻnalishlariga alohida toʻxtaldi.
Oʻzbekiston tashkilotning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi va Parlament assambleyasi bilan sermahsul muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Yaqin orada bir qator qoʻshma tadbirlarni tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shvetsiya bilan ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari haqida soʻz yuritar ekan, taʼlim sohasida hamkorlik qilish, Shvetsiya yetakchi kompaniyalarining innovatsiyalari va investitsiyalarini mamlakatimizga jalb etish, savdo va kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni muhim yoʻnalishlar sifatida qayd etdi.
Shvetsiyada Oʻzbekistonning diplomatik missiyasini tashkil etish mamlakatlarimiz oʻrtasidagi va umuman skandinav davlatlar bilan hamkorlikning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
YEXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri iliq qabul va ochiq suhbat uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Ann Linde Oʻzbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi siyosatni yuqori baholadi va qoʻllab-quvvatladi.
YEXHT doirasidagi qoʻshma tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanayotgani hamda Shvetsiya bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga yuksak eʼtibor qaratilayotgani uchun minnatdorchilik bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring