Oʻzbekiston Prezidenti BMT institutlari bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish masalalari boʻyicha yordamchisi Miroslav Yencha boshchiligidagi ushbu nufuzli global tuzilma delegatsiyasini qabul qildi.
Uzoq muddatli Barqaror rivojlanish maqsadlarini roʻyobga chiqarish borasida BMT institut va markazlari bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida yuqori darajali vakil Miroslav Yencha davlatimiz rahbariga tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. BMT tuzilmalari bundan buyon ham Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha ortga qaytmas islohotlar dasturini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi qayd etildi.
Taʼkidlash joizki, keyingi yillarda mamlakatimizning BMT bilan oʻzaro manfaatli hamkorligi misli koʻrilmagan yuksak darajaga chiqdi. Birgalikda qariyb 140 ta dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Bosh assambleyasining 6 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha kengash, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash komissiyasi, YUNESKOning madaniy meros boʻyicha qoʻmitasi va koʻplab boshqa tuzilmalarda faol ishtirok etmoqda.
Joriy yilning birgina ikkinchi yarmida mamlakatimizda BMT doirasidagi qator muhim xalqaro tadbirlar, shu jumladan Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha FAO konferensiyasi hamda Jahon turizm tashkiloti bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda barqaror taraqqiyot sohasidagi milliy vazifa va maqsadlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.
Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va bu jarayonda BMTning Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rolini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring