Oʻzbekiston Prezidenti Bahrayn bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildi

17:46 15 Aprel 2024 Siyosat
260 0

15-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koʻrfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etayotgan Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bahrayn tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Podshoh Hamad bin Iso Al-Xalifaning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston bilan Bahrayn oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Siyosiy muloqotni faollashtirish hamda siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini tez fursatda ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik, bank-moliya, avtomobil va temir yoʻllari qurilishi, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi dastur va loyihalarni ilgari surish uchun katta salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Shu maqsadda joriy yilda qoʻshma Hukumatlararo qoʻmitaning ilk yigʻilishini oʻtkazish hamda Oʻzbekiston va Bahrayn yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashini taʼsis etish rejalashtirilgan.

Xalqaro kun tartibi, shu jumladan xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Oʻzbekiston yetakchisi Bahrayn tashqi ishlar vazirini qutlugʻ yoshi bilan muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?