Oʻzbekiston Prezidenti AQSH bilan parlamentlararo va hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrif doirasida 5-noyabr kuni oʻziga ajratilgan qarorgohda AQSH Kongressi Vakillar palatasi aʼzolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki mamlakat parlamentlarining amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Qonun chiqaruvchi organlar oʻrtasidagi aloqalar jadal rivojlanib borayotgani, AQSH Kongressida Oʻzbekiston bilan hamkorlik boʻyicha kokus samarali faoliyat olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Har yili Vakillar palatasida kokus koʻmagida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotgan Oʻzbekiston kunlari oʻtkazib kelinmoqda.
Kongress oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga doir kelishuvlarni amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashishi muhim ekani taʼkidlandi.
Hududlararo aloqalarni kengaytirish, kongressmenlar vakillik qilayotgan Gʻarbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari bilan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida AQSH Kongressi vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini uyushtirish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari rahbarlari boshchiligidagi ishbilarmon doiralar delegatsiyalarining oʻzaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring