Fargʻonada ekoinspektorga kuch ishlatgan “zamhokim”ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Videodan kadr
Fargʻona viloyatining Buvayda tumani hokimi oʻrinbosari Saidali Xidirov noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi boʻlgan Ekologiya qoʻmitasi inspektori Ahrorjon Niyozovga kuch ishlatib, Milliy gvardiya xodimlari yordamida tuman IIBga olib ketgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar ishtirokida ushbu holat oʻrganilgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning bugun, 25-noyabr kuni Buvayda tumani “Nayman” mahallasidan oʻtgan Nayman zovuri atrofidagi daraxtlar “D.S.” MCHJning ishchisi tomonidan kesilayotgan boʻlgan. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Buvayda tuman boʻlimi inspektori esa buni oldini olish choralarini koʻrgan.
Biroq Buvayda tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiya, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.X. mansabdor shaxs boʻla turib, mansab vakolatidan chetga chiqib, Ekologiya inspektorining qonuniy talablariga faol qarshilik koʻrsatib, xizmat vazifasidan kechishga majbur qilib, hodisa joyidan olib ketib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan S.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) va 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring