Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etish uchun 17-iyun kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.
Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Yakunda qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Sammit doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy Raisi bilan ikki tomonlama uchrashuv ham oʻtkazadi.
Taʼkidlash joizki, bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023-yil may oyida Xitoyning Sian shahrida boʻlib oʻtgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring