Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi “Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari: mintaqani har tomonlama rivojlantirish boʻyicha samarali yechimlar” mavzusidagi Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga yetib keldi.
Forumning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, migratsiya jarayonlarini tartibga solish va raqamli muhitni rivojlantirish borasida parlamentlararo hamkorligini mustahkamlashdan iborat.
III parlamentlararo forum davomida “Migratsiya va mehnat oqimlari: fuqarolar huquqlarini qonuniy taʼminlash va iqtisodiyot barqarorligi”, “Markaziy Osiyo mamlakatlarida investitsiya muhitini yaxshilash va iqtisodiyotning shaffofligini oshirish boʻyicha qonunchilik choralari”, “Parlamentlar va raqamli suverenitet: kiberxavfsizlik, raqamli muhitni huquqiy tartibga solish” kabi mavzular muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Forum doirasida Senat Raisi Tanzila Narbayevaning parlamentlar vakillari bilan mintaqaviy hamkorlik, parlament diplomatiyasi va qoʻshma tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun qator ikki tomonlama uchrashuvlari oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring