Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi Ozarbayjon Konstitutsiyasining 30 yilligiga bagʻishlangan xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi A.Eshmuratov boshchiligidagi Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Zamonaviy dunyoda Konstitutsiya davlatlar mustaqilligi va suverenitetining asosi sifatida” mavzusida Boku shahrida joriy yilning 29-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi.
Anjumanda Ozarbayjon, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Ruminiya, Tojikistonning parlamentlari rahbarlari, bir qator davlatlar parlamentlarining aʼzolari va xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.
Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi rahbari oʻz maʼruzasida Ozarbayjon xalqini Konstitutsiya qabul qilinganining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, har bir davlatning Asosiy qomusi – bu xalq irodasi, milliy gʻurur va mustaqillik ramzi ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida barcha sohalarda oʻzaro yaqin va doʻstona munosabatlar, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlik izchil rivojlanayotgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring