Oʻzbekiston Notarial palatasi jamoatchilikka yarim yillik faoliyat boʻyicha hisobot berdi
“Olmos” sanatoriysi konferens-zalida Oʻzbekiston Notarial palatasining matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Notarial palata raisi Dilshod Ashurov 2022-yil olti oyi davomida notariat tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.
Noanʼanaviy tarzda, Palata qoshidagi “Faol notariuslar” guruhi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan ushbu tadbirda OAV xodimlariga sohaga kiritilgan yangiliklar natijasida faoliyat samarasi borasida maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlandiki, 2022-yilning oʻtgan davrida notariuslar tomonidan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq 156230 ta shartnomalarni rasmiylashtirildi.
Avtomashina oldi-sotdi shartnomasi soni jami 511864 tani tashkil qilgan boʻlsa, 15341 ta hadya shartnomasi, 135 ta ayirboshlash shartnomasi rasmiylashtirilgan. 20 ta shartnoma turar joyni ijaraga olish boʻyicha, 19 ta shartnoma esa noturarjoyni ijaraga olish boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Oʻtgan davr davomida notariuslar tomonidan 6690 marotaba vasiyatnoma rasmiylashtirilgan.
Notariuslar tomonidan qarindoshlar oʻrtasida 9978 ta, qarindosh boʻlmagan shaxslar oʻrtasida 107755 ta ishonchnoma berilgan. Boshqa shaxsga oʻtkazish (tasarruf etish) huquqi bilan qarindoshlarga 5947 ta, qarindosh boʻlmagan shaxslarga 120022 ta ishonchnomalar rasmiylashtirilgan. 133874 ta boshqa ishonchnomalar roʻyxatdan oʻtkazilgan. Pensiya va nafaqalar olish uchun boʻyicha 10335 ta ishonchnomalar rasmiylashtirib berilgan.
9152 marotaba bir tildan ikkinchi tilga qilingan tarjimaning toʻgʻriligi guvohlantirilgan boʻlsa, hujjatlar nusxalari va ulardan koʻchirmalarning haqiqiyligini tasdiqlash boʻyicha 64144 ta notarial harakat amalga oshirilgan.
115142 ta garov shartnomasi, 25009 ta ipoteka shartnomasi, 660 ta lizing shartnomasi, 3526 ta nikoh shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. 5457 ta sayyor notarial xizmat koʻrsatilgan.
Oʻtgan davrda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalariga jami 251 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 69 tasi qanoatlantirilgan boʻlsa, 145 tasiga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi.
2022-yilning birinchi yarmida Germaniya va Qirgʻiziston davlatlari bilan memorandum imzolandi. 2 ta xalqaro onlayn seminarda notariuslarning ishtiroki taʼminlandi.
2022-yilning may oyida Myunxen shahrida (Germaniya) boʻlib oʻtgan Xalqaro notariuslar ittifoqi Bosh kengashining navbatdagi yigʻilishida hamda 2022-yilning iyun oyida Nur-Sulton shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan II Markaziy Osiyo xalqaro notarial konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi vakillari ishtirok etishdi.
Notarial palata tomonidan 5 ta Normativ huquqiy hujjatlar boʻyicha takliflar kiritildi. Xususan, “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 726-son qaroriga, Adliya vazirining buyrugʻi asosida tasdiqlangan idoraviy hujjatlarga, korrupsiogen holatlar mavjud boʻlgan qonunchilik hujjatlari normalariga shular jumlasidandir.
Shuningdek, Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni rasmiylashtirish boʻyicha IIV, Sogʻliqni saqlash hamda Mudofaa vazirliklari vakolatli rahbar xodimlari uchun Uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi.
Notarial palata bilan Yuristlar malakasini oshirish markazi (YUMOM) oʻrtasida 19.02.2020-yilda imzolangan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum doirasida 2022-yilning birinchi yarim yilligida 74 nafar notariuslarni YUMOMda mediatorlik kurslarida oʻqitib, ularga professional mediatorlik sertifikatlari berilishi taʼminlandi. 25 nafar nomzodga xususiy amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berildi.
2022-yilning 1 yarmida Notarial palata Rost.uz tahririyati tomonidan oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi NNTsi”, “Yuksalish” UMH tomonidan forumda “Yilning eng faol NNTsi” nominatsiyalari gʻolibi boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring