Oʻzbekiston Misr va Angolani taslim etdi. Keyingi navbat kimga?
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi start oldi. Musobaqaning 2-turida erkaklar terma jamoamiz Misr, qizlarimiz Angolaga qarshi bahs olib bordi.
Yigitlarimiz ilk raundda Afrika qitʼasi vakillarini 3,5:0,5 hisobida magʻlub etdi. Qizlarimiz esa 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Erkaklar:
Oʻzbekiston — Misr 3,5 : 0,5
Nodirbek Abdusattorov — Favzi Adham 1:0
Nodirbek Yakubboyev — Vagix Karim 1:0
Javohir Sindarov — Vafa Hamid 0,5 : 0,5
Shamsiddin Vohidov — Samex Sadek 1:0
Ayollar:
Oʻzbekiston — Angola 3:1
Afruza Hamdamova — Xemima Paulo 1:0
Nilufar Yakubboyeva — Esperansa Saxita 0:1
Umida Omonova — Ednasia Junior 1:0
Marjona Malikova — Luzia Pires 1:0
Eslatib oʻtamiz, 1-turda ham terma jamoalarimiz gʻalabaga erishgandilar. Demak, yigitlarda ham, qizlarda ham ochkolar soni 4 taga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring