Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarish uchun yangi nomzod
Oʻzbekiston milliy terma jamoasini turkiyalik mutaxassis Fotih Terim boshqarishi mumkin. Bu haqida turk nashrlarida maʼlumot berildi.
Aytilishicha, murabbiy ayni vaqtda ushbu taklifni oʻrganib chiqmoqda va yaqin vaqt ichida oʻz qarorini eʼlon qiladi.
Taʼkidlash kerakki, bungacha Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Germaniya terma jamoasi sobiq ustozi Yoaxim Lyov va bir nafar bolqonlik murabbiylarga ham terma jamoa bosh murabbiyligini taklif etgandi.
Maʼlumot uchun, Fotih Terim ayni paytda 71 yoshda. U 8-yil Turkiya terma jamoasini boshqargan. 2008-yil jamoasini “Yevro-2008” musobaqasining yarim finaliga olib chiqqan. Terma jamoalar futbolida yaxshigina tajribasi bor.
Bundan tashqari Fotih “Milan” va “Fiorentina” kabi Italiyaning nomdor klublarida, shuningdek, Gretsiyaning “Panatinaikos”, Turkiyaning “Galatasaroy” va Saudiya Arabistonining “Al-Shabab” jamoalarida ishlagan.
“Galatasaroy” jamoasi bilan 8-marta Turkiya Superligasida chempion boʻlgan. Shuningdek, 1999/2000-yilgi mavsum jamoasi bilan Yevropa ligasi musobaqasida gʻolib boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring