Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar berdi. Sloveniyalik murabbiy sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli terma jamoani boshqarishdagi vazifalarini toʻlaqonli bajara olmasligini bildirib, shartnomani oʻzaro rozilik asosida bekor qilishga qaror qildi.
Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini afsus bilan taʼkidladi. Shuningdek, u OʻFAga qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun oʻz minnatdorchiligini izhor etdi hamda milliy terma jamoaga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesning Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarishdagi xizmatlarini yuqori baholab, uning sogʻligʻini tiklash va murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tiladi. Assotsiatsiya va murabbiy oʻrtasidagi shartnoma doʻstona munosabatlar saqlangan holda bekor qilingani taʼkidlandi.
Hozirda OʻFA milliy terma jamoaning bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzodni tanlash boʻyicha ishlarni olib bormoqda. Yaqin kunlarda yangi murabbiy tayinlanishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, Srechko Katanes 2021-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning davrida jamoa Osiyo Kubogi va Jahon chempionati saralash bahslarida qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring