Oʻzbekiston milliy hunarmandchilik mahsulotlari Hindistondagi yirik xalqaro festivalda namoyish etildi

15:03 22 Fevral 2023 Madaniyat
499 0

Anʼanaviy ravishda har yili fevral oyida boʻlib oʻtadigan mazkur yirik xalqaro tadbirda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari vakillari, xususan, hunarmandlar, sozanda va sanʼatkorlar, oshpazlar oʻz milliy mahsulotlari va madaniyatini namoyish qilishadi.

Bu galgi festivalda Oʻzbekiston Madaniyat va turizm vazirligi, «Hunarmand» uyushmasi mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi bilan oʻzaro hamkorlikda respublikamizning turli hududlaridan hunarmandlar va sozandalarning ushbu anjumanda ishtiroki taʼminlandi. Deyarli 20 kun davom etgan tadbirda mamlakatimizning turizm salohiyati, boy hunarmandchilik merosi va madaniyati festival mehmonlariga taqdim etildi.

Xalqaro festivalning ochilish marosimi va yakunlovchi kunida mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov qatnashdi. Tadbir doirasida Xaryana shtati hukumati boshligʻi Manohar Lal bilan uchrashuv oʻtkazilib, Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun koʻrsatilgan alohida eʼtibor uchun minnatdorlik bildirildi.

Taʼkidlash kerakki, “Surajkund International Crafts Mela” xalqaro festivali ishi bilan har yili 1,5 milliondan ortiq kishi tanishadi. Yarmarka davomida mamlakatimiz hunarmandlari oʻz mahsulotlarini nafaqat festival mehmonlariga taqdim etish, balki ularni Hindiston bozoriga eksport qilish uchun yangi hamkorlar bilan muzokaralar qilish imkoniyatiga ham ega boʻldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?