Oʻzbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan chin vatanparvar diplomatlar davri keldi — Shavkat Mirziyoyev
«Sizlarning har biringiz davlatimiz va xalqimiz nomidan chet elda ish olib borayotgan, Yangi Oʻzbekistonning oʻzgarishlar ruhi va shiddatini namoyon etayotgan ishonchli vakilsiz.
Ayniqsa, sizlar oʻzingizning aql-zakovatingiz, talabchanligingiz, yuksak bilimingiz, olijanob xalqimizning eng yaxshi qadriyat va anʼanalarini mujassam etganingiz bilan barchaga oʻrnak va namuna boʻlishingiz kerak.
Endi yangicha ruhda ishlaydigan va aniq natijalarga erishadigan, Oʻzbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan chin vatanparvar diplomatlar davri keldi.
Chunki Yangi Oʻzbekistonning yangi qiyofasi va imiji, shaʼni va shuhrati, eng avvalo, sizlarning timsolingizda yaqqol namoyon boʻladi. Bu sharafli va masʼuliyatli yoʻlda barchangizga omad va zafarlar tilab qolaman», – dedi Prezidentimiz yigʻilish yakunida.
Yigʻilishda xorijdagi elchilarimizning hisobot va takliflari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring