Oʻzbekiston Kuvaytga hoʻl va quritilgan mevalar eksportini oshiradi

23:50 15 Iyun 2024 Iqtisodiyot
436 0

Mamlakat elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston va Kuvayt kompaniyalari vakillari oʻrtasida video-konferens-aloqa shaklida onlayn uchrashuvlar tashkil etildi.

“Dunyo” xabariga koʻra, ularda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarning Kuvaytga eksportini yanada oshirish, qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq etish, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, Kuvaytning KAM International Group, Al Homaizi Food Industries, Al Homaizi Food Industries va Star Fruits singari yetakchi kompaniyalari va mamlakat ishbilarmon doira vakillari Oʻzbekistondan gilos va shaftoli hamda quritilgan mevalar eksportini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildilar.

Onlayn uchrashuvlar davomida, shuningdek, Oʻzbekistondan hoʻl va quritilgan mevalarni Kuvaytga yetkazib berish boʻyicha transport-logistika tizimiga ham eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?