Oʻzbekiston–Xitoy: hamkorlikda qishloq xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlanadi

21:37 06 Iyul 2024 Ilm-fan
508 0

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bugungi kunda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun olingan fitosanitar ruxsatnomalar soni 22 taga yetkazilgani, Xitoy paxtachiligidagi ilgʻor tajribalarni amaliyotga joriy etish uchun xitoylik mutaxassislar jalb qilingani, shuningdek, ilm-fan va innovatsion yoʻnalishda Oʻzbekiston–Xitoy paxta chigitlari namunalarini almashish boʻyicha loyiha yoʻlga qoʻyilgani qayd etildi.

Shuningdek ikki tomon ham bunday loyiha va tadbirlar Oʻzbekiston–Xitoy aloqalarining rivojlanishiga hissa qoʻshayotgani yuzasidan yakdilligi taʼkidlanib, bundan keyin ham bu kabi yangi tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Shundan soʻng mehmonlar Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Shimoliy-gʻarbiy qishloq va oʻrmon xoʻjaligi universiteti (Northwest A&F University) bilan qoʻshma taʼlim fakultetining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun: Qoʻshma taʼlim dasturlari uchta mutaxassislik: biznesni boshqarish, chorvachilik, mevachilik boʻyicha magistratura bosqichini oʻz ichiga olib, talabalar taʼlimning dastlabki yili Toshkent davlat agrar universitetida, ikkinchi yili esa Xitoyning Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi universitetida taʼlim olishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер