Oʻzbekiston Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasiga aʼzo Markaziy Osiyodagi birinchi davlat boʻldi

Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (OʻzTMK) jahon miqyosida yuksak eʼtirofga sazovor boʻlib, volfram sanoatidagi eng nufuzli tashkilot – Xalqaro Volfram Sanoati Assotsiatsiyasi (ITIA)ning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu tashkilotga aʼzo boʻlgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi.
Oʻzbekistonning ITIA aʼzoligiga qabul qilinishi – bu mamlakatning volfram sanoatidagi salohiyati xalqaro miqyosda tan olinganining isbotidir. OʻzTMK ushbu tashkilotga aʼzo boʻlgan holda jahon volfram sanoatining barqaror ishtirokchisiga aylandi. Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasining aʼzosi boʻlish OʻzTMK uchun bozor maʼlumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik maʼlumotlar olish, yillik yirik xorijiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi – volframning global ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi va isteʼmol bozorlarini tahlil qilish, sohani raqamli va analitik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ilmiy yondashuvlar va barqaror yechimlarni ilgari surishdir. ITIA bugungi kunda Yaponiya, Germaniya, Avstriya kabi texnologik yetakchi davlatlarning yirik kompaniya va ilmiy markazlarini oʻz atrofiga birlashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring