Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʻyxati eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan, Oʻzbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar yangilangan roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqida Din ishlar boʻyicha qoʻmita ️xabar berdi.
Unda aytilishicha, 2025-yil 2-sentyabr holatiga koʻra, huquq-tartibot idoralari murojaatiga asosan Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tayyorlangan dinshunoslik ekspertizasi xulosasi asosida Oliy sudning 115 dan ortiq qarori chiqarilgan. Ularga muvofiq, 1 ming 400 dan ortiq kontent radikal mazmunda deb topilgan va ularni Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish toʻliq taqiqlangan.
Jumladan:
- Telegramʼda — 709 ta,
- Facebookʼda — 220 ta;
- YouTubeʼda — 104 ta;
- Instagramʼda — 239 ta;
- TikTokʼda — 46 ta;
- Odnoklassnikiʼda — 27 ta, shuningdek, veb-saytlar, elektron kitoblar, maqolalar va nashidalar boʻyicha 40 ta kontent taqiqlangan.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakilining taʼkidlashicha, fuqarolar turli manbalarda adashib qolmasligi, toʻgʻri maʼlumotni notoʻgʻrisidan farqlay olishi, taqiqlangan sahifalarda yurganlar oʻz vaqtida xabardor boʻlib, ularni tark etishi, eng muhimi, jamiyat tinchligi va xavfsizligini saqlash, yoshlar ongini buzgʻunchi gʻoyalardan asrash uchun taqiqlangan kontentlar roʻyxati eʼlon qilib boriladi.
Taqiqlangan materiallarning batafsil roʻyxati quyidagicha:
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning bildirishicha, yuqorida koʻrsatilgan kontentlarning havolasi fuqarolar xavfsizligini inobatga olgan holda maqsadli ravishda koʻrsatilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring