Oʻzbekiston hududida xorijda roʻyxatdan oʻtkazilgan siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga Oʻzbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va boʻlinmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi norma qoʻshildi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga 7-band sifatida “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini, ularning boʻlinmalarini tashkil etishga va ularning faoliyati amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, degan norma kiritildi.
Ushbu oʻzgartirishni nazar tutuvchi Qonun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-iyul kuni imzolandi. Hujjat 2024-yilning 11-iyun kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 22-iyun kuni Senat tomonidan maʼqullangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring