Oʻzbekiston fuqarolari Ozarbayjonga “qizil pasportsiz” kirishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet elga chiqish pasportini olmasdan turib chegarani kesib oʻtish imkonini beruvchi ID-kartalarni oʻzaro tan olish masalasini muhokama qildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari oʻrtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan oʻtish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv tashkil etilgan.
Tomonlar fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Bundan tashqari, ID-kartalardan foydalanish Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib oʻtish imkonini beradi. Bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi.
“Mazkur qarorning qabul qilinishi Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring