Oʻzbekiston elchisi Iroq Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Iroqda yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat Prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tantanali marosimdan soʻng tashkil etilgan muloqot avvalida Iroq Prezidenti Oʻzbekiston rahbari bilan xalqaro tadbirlar doirasida boʻlib oʻtgan suhbatlarini iliq taassurotlar bilan yodga olgan.
Muloqotda Adullatif Rashid Oʻzbekiston elchisini tabriklab, uning masʼuliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib oʻtamiz, Ayubxon Yunusov 2024-yil 6-fevral kuni Oʻzbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida Al-Kuvayt shahriga tashrif buyurgan edi.
Kuvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Al-Azhar” universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.
2003-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring