Oʻzbekiston – dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi — Prezident
“Oʻzbekiston – dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi. Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qatʼiy tanlovi ham shu!» — dedi Prezidentimiz. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bundan buyon ham millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar har bir fuqaroning vijdon erkinligi taʼminlanishi; barcha diniy konfessiyalar erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi; mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar oʻrtasida totuvlik va hamjihatlikni taʼminlash siyosati izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
Qayd etilganidek jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yoʻl qoʻyilmaydi.
“Men Prezident sifatida ish boshlagan birinchi kundanoq “Biz xalqimizga xizmat qilgani kelganmiz”, “Biz xalqni rozi qilishimiz kerak” degan gaplarni doim takrorlayman.
Islohotlarni boshlagan paytda oʻzimiz tasavvur ham qilmagan juda koʻp muammo va sinovlarga duch keldik. Ularga el-yurtimiz bilan birgalikda yechim topib, har bir masalani joyida hal qilib boryapmiz.
Chunki, yangilangan Konstitutsiyamizning maʼno-mazmuni, bosh maqsadi ham xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.
Bu maqsad yoʻlida qanchalik ogʻir boʻlmasin, zarur mablagʻlarni, kerak boʻlsa, ortiqchasi bilan topib, barcha imkoniyatlarni ishga solyapmiz.
Xalqimizning oʻzi – eng adolatli hakam. Men aminman, bugun yurtimizdagi har bir inson “hayotimda ijobiy oʻzgarish boʻlmoqda”, deb ayta oladi”, — dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring