Oʻzbekiston dunyoda birinchilardan boʻlib yashil vodoroddan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradi

11:31 29 Noyabr 2023 Iqtisodiyot
229 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzkimyosanoati” AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov maʼlum qildi:

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida “Yashil vodorodni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Qiymati 88,0 million AQSH dollarini tashkil qiladigan mazkur loyiha doirasida birinchi bosqichda 2025-yilda respublikamizda 3 ming tonna yashil vodorod va quvvati 52 MVt shamol trubinasi, ikkinchi bosqichda esa 500 ming tonna yashil ammiak va 2,4 GVt shamol trubinalari ishga tushiriladi.

Muqobil elektr energiya resurslaridan samarali foydalanish natijasida dunyoda birinchilardan boʻlib yashil vodoroddan mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishga va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan mahsulotlarni dunyo bozorlariga yoʻnaltirishga erishiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?