Oʻzbekiston delegatsiyasi “Xitoy–Markaziy Osiyo” forumida ishtirok etdi

12:25 12 Sentyabr 2023 Siyosat
637 0

Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Zulayho Mahkamova boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda tashrif bilan boʻldi.

Delegatsiya aʼzolari Xitoyning Fuszyan provinsiyasi Syamen shahrida tashkil etilgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” forumida ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilari Oʻzbekistonning “Xitoy–Markaziy Osiyo” formati doirasidagi Xitoy bilan hamkorligining asosiy va ustuvor yoʻnalishlari, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, kambagʻallikka qarshi kurashish sohasidagi keng qamrovli islohotlarning natijalari bilan tanishtirildi.

Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyeva “Ayollar va barqaror rivojlanish” sessiyasida ishtirok etdi.

Delegatsiya aʼzolari, tashrif davomida, shuningdek, Xitoy xalq siyosiy maslahat Kengashi raisi oʻrinbosari, Butunxitoy ayollar federatsiyasi rahbari Shen Yuyeyuye va Fuszyan provinsiyasi partiya kotibi Chjou Szuyi bilan uchrashdilar.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiya Syamen shahridagi kam taʼminlangan oilalarga gʻamxoʻrlik qilish va Szinan jamoat xizmati markazlariga tashrif buyurib, u yerdagi kambagʻallikni qisqartirish va ayollarni ish bilan taʼminlash borasidagi tajribalari bilan yaqindan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?