Oʻzbekiston Buyuk Britaniya bilan JST boʻyicha muzokaralarni yakunladi
Foto: Azizbek Oʻrunov / LinkedIn
Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov maʼlum qildi.
Oʻrunovning qayd etishicha, kelishuv oʻtgan oy oxirida Londonda boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasi boʻlib, ichki tasdiqlash tartib-qoidalaridan oʻtgan. Uni imzolash 12-iyun kuni Jenevada Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shuning bilan, Buyuk Britaniya Toshkent JSTga kirishga tayyorgarlik jarayonida kelishuvga erishgan 24-savdo hamkoriga aylandi.
“Fursatdan foydalanib, Buyuk Britaniya tomoniga aʼzo boʻlishimizni kuchli qoʻllab-quvvatlagani uchun hamda Oʻzbekiston muzokaralar guruhiga tinimsiz mehnati uchun oʻz minnatdorligimni bildirmoqchiman”, deb yozadi Azizbek Oʻrunov oʻzining LinkedInʼdagi sahifasida.
Uning qoʻshimcha qilishicha, ikki tomonlama bitimlarni yakunlash uchun yana bir nechta JSTga aʼzo davlatlar qolgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning fevral oyida Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov Londonga tashrif buyurib, Britaniya biznes va savdo vazirining oʻrinbosari Garet Tomas, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va ekspertlar darajasida muzokaralar oʻtkazgan edi. Oʻshanda Buyuk Britaniya tomoni Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring