O‘zbekiston banklarida omonatlar sezilarli kamaydi

17:41 05 Iyul 2023 Iqtisodiyot
888 0

Illyustrativ foto

O‘zbekiston banklaridagi umumiy omonatlar qoldig‘i yanvar-may orasida 11,9 trln so‘mga kamayib, 204,8 trln so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida ko‘rsatib o‘tilgan.

5 oy ichida banklardagi kompaniyalarning omonati 17,4 trln so‘mga kamaygan bo‘lsa, aholi omonatlari 5,5 trln so‘mga ko‘paygan. 

Omonatlar chiqib ketishi asosan davlat banklari bilan kuzatilmoqda. Masalan, ko‘rib chiqilayotgan davrda “Asakabank”ning yuridik shaxslar uchun omonat qoldig‘i 33,8 foizga (-3,9 trln so‘m), “Milliy bank”niki esa 27,4 foizga (-8,3 trln so‘m) qisqargan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?