Oʻzbekiston 2018 yilda qancha qurol-yarogʻ va oʻq-dori sotib oldi?
Oʻzbekiston 2018 yilda xorijdan 0,7 mln. AQSH dollariga qurol-yarogʻ, oʻq-dori va ularning qismlari hamda tegishli vositalarini xarid qildi. Undan oldingi yillarda esa bu maqsad uchun 0,3 mln. dollardan sarflangan. Bu haqda MB hisobotida maʼlum qilindi.
Shuningdek, 2018 yilda mamlakatimiz 0,1 mln. dollarlik sanʼat asarlari va antiqa buyumlarni import qilgan. Vaholonki, 2016 va 2017 yillarda chetdan ushbu yoʻnalish boʻyicha hech narsa xarid qilinmagan.
Qimmatbaho boʻlmagan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar importiga ham koʻproq mablagʻ sarflangan. Bu borada 2016 yilda 1,2 mlrd. dollar, 2017 yilda 1,7 mlrd. dollar, 2018 yilda esa 2,4 mlrd. dollar xarj qilingan.
Qimmatbaho metallar va toshlar importida ham keskin oʻsish kuzatilgan. 2016 yilda buning uchun 0,4 mln. dollar sarf etilgan boʻlsa, 2018 yilga kelib mazkur koʻrsatkich 40,7 mln. dollarga yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring