“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ fotoelektr stansiyalarni qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirmoqda
“Oʻzbekenergotaʼmir” AJ issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha ishlarni olib bormoqda. Hozirga qadar korxona tomonidan stansiyalarda oʻrnatilgan quyosh panellarining quvvati 9,6 MVtni tashkil etadi. Olib borilayotgan loyihalar yakuniga yetgach, tizimdagi fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvati 15 MVtga yetadi.
Maʼlumki, bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, bir soʻz bilan aytganda, energiya samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shunga koʻra, “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan islohotlarni kengaytirish boʻyicha mamlakatimizda tizimli ishlar olib борилмоқда.Мазкур yoʻnalishda “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ tomonidan energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar koʻlami sezilarli darajada kengaydi.
Xususan, korxona tomonidan Prezidentimizning PQ-4422-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida shu kunga qadar elektr stansiyalaridagi quyosh fotoelektr stansiyalarining quvvati 9,6 MVt ga yetkazildi. Hozirda yana 5,4 MVt quvvatlarni ishga tushirish orqali umumiy quyosh fotoelektr stansiyalarining quvvatini 15 MVtga yetkazish ishlari olib borilyapti.
Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon IESda 3,5 MVt, Sirdaryo IESda 520 kVt, Fargʻona IEMda 1 MVt, “Tolimarjon IES” AJda 790 kVt va “Angren IES” AJda 100 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish jarayoni ketmoqda. Quyosh panellarining toʻliq ishga tushirilishi natijasida yiliga qoʻshimcha 27,0 mln. кВт.соат elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 5,0 mln. kubmetr tabiiy gaz iqtisodiga erishiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring