Oʻzbek yozuvchilari hikoyalari Germaniyada chop etildi
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabariga koʻra, Germaniyada “Na zemle Zaratushtrы” (“Zardusht diyorida”) adabiy almanaxi nashr etildi.
Xexingen shahrida Lada Baumgarten tahriri ostida nashr etilgan ushbu kitobga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Nikolay Ilin, Risolat Haydarova, Galina Dolgaya va Muhabbat Yoʻldoshevalarning hikoyalari kiritilgan.
Almanax “Zardusht diyorida” maʼnaviy madaniyat assambleyasi doirasida boʻlib oʻtgan ikkita – “Zardusht diyorida” va “Sharq – nozik masala” nomli xalqaro adabiy tanlov gʻoliblari va hayʼat aʼzolarining asarlaridan iborat. Kitob tanlovlar tashkilotchisi – Yevropa Yozuvchilar gildiyasi qoʻllab-quvvatlashi asosida chop etildi.
Tanlovlarda Oʻzbekiston, Belarus, Belgiya, Germaniya, Litva, Isroil va Germaniyada istiqomat qilayotgan yozuvchilar ishtirok etishgan.
Tanlov yoshi va yashash joyidan qatʼiy nazar, ishtirok etishni istagan har bir yozuvchi uchun oʻz isteʼdodini namoyon etishga imkoniyat yaratishga harakat qildi. Asarlarga qoʻyilgan bosh talab Sharq anʼanalari va maʼnaviy dunyosini bor goʻzalligi bilan ochib berishdan iborat edi.
Almanaxda Risolat Haydarovaning “Daraxt meva tukkanda”, Galina Dolgayaning “Chagʻalay qanotlari”, Nikolay Ilinning “Chapga burilish”, Muhabbat Yoʻldoshevaning “Tungi mehmon” hikoyalari oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring