Oʻzbek olimasi AQSHda oltin medal bilan mukofotlandi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya shtati Santa Klara shahrida Silikon vodiysi Xalqaro ixtirochilar innovatsion festivali — “The Silicon Valley international invention festival (SVIIF)” boʻlib oʻtdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, unda ilk bor oʻzbekistonlik olima ayol, Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi mudiri Parahat Matyakubova ishtirok etdi.
Matyakubova festival doirasida tashkil kilingan tanlovda “SVIIF-2024” — “The Finals” nominatsiyasi boʻyicha “Ixtirochi mutaxassis maxsus sovrini” hamda oltin medal bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, olimaga ushbu mukofot don mahsulotlari va qattik sochiluvchan materiallarning namligini nazorat qilish qurilmasi uchun olgan patenti uchun topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring