Oʻzbek multfilmlari xalqaro festivalda mukofotlandi
“Xalqaro animatsiya kuni” munosabati bilan Qozogʻiston Respublikasi Turkiston shahrida 29-30-oktabr kunlari “AMEN — 2021» ( International Animation Film Festival) anʼanaviy xalqaro animatsion filmlar festivali boʻlib oʻtdi. Unda 49 ta davlat ishtirok etdi.
Mazkur festivalda rejissyor Aziz Muhammedovning “Gʻildirakli uy” animatsiyasi festivalning “Gran pri” bosh sovrini bilan, “Sehrli tanbur” animatsiyasi “Eng yaxshi badiiy yechim” nominatsiyasi boʻyicha mukofotlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, festival 2019-yildan buyon oʻtkaziladi. Unda animatsion filmlar namoyishlari bilan birga, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari va ijodiy tanlovlar boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring