Oʻzbek futbolidagi yil “yulduzlari” eʼlon qilindi

“Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlandi.
Tadbirda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, mavsum kashfiyoti, yil murabbiysi, mavsumning eng chiroyli goli, eng yaxshi legioner, eng yaxshi futbolchisi kabilar aniqlandi.
“Surxon” jamoasining 19 yoshli hujumchisi Abdugʻafur Haydarov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. U ortda qolgan mavsum Superliga va Oʻzbekiston kubogida jami 15 ta oʻyinda 8 ta gol urgan.
Mavsum kashfiyoti — Anvarjon Hojimirzayev yakunlangan mavsumda Superligada eng koʻp gol urgan oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi. U ortda qolgan mavsum Superligada 25 ta oʻyinda 10 ta gol urdi va bitta assist qayd etdi.
“Metallurg” futbolchisi Marko Milichkovichning 90+8-daqiqada “Paxtakor” darvozasiga kiritgan goli mavsumning eng chiroyli goli sifatida eʼtirof etildi.
Roʻziqul Berdiyev Oʻzbekiston chempionatida 2024-yilning eng yaxshi murabbiy deb topildi. 53 yoshli mutaxassis yakunlangan mavsumda “Nasaf” bilan ilk bor mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. Roʻziqul Berdiyev 2012-yildan beri “Nasaf”ga ustozlik qilmoqda.
Vladimir Yovovich Superligada mavsumning eng yaxshi legioneri deb topildi. Yovovich joriy mavsum Superliga va Oʻzbekiston kubogi doirasida 28 ta oʻyinda 10 ta gol urgan hamda 10 ta assist qayd etgan.“Nasaf” tayanch yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy Superligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Akmal Mozgovoy ortda qolgan mavsum Superliga va Oʻzbekiston kubogida 26 ta oʻyinda 5 ta gol urdi va bitta assist qayd etdi.
Dragan Cheran yil toʻpurari deb topildi. Serbiyalik futbolchi, hozirda Toshkentning “Paxtakor” jamoasida oʻynaydi. U Oʻzbekiston chempionati tarixida 100 ta gol urgan ikkinchi legioner hisoblanadi. Cheran 2016-yilda Oʻzbekistonga kelib, dastlab “Nasaf” klubida oʻynagan. 2018-yildan boshlab “Paxtakor” safida toʻp surmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring