O‘zbek filmining xalqaro sahnadagi e’tirofi
Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “G‘alaba kuni” IV Xalqaro kinofestivalida “Oy borib, omon qaytganlar” hujjatli filmi hakamlar hay’ati tomonidan maxsus e’tirof bilan taqdirlandi.
Kinematografiya agentligidan ma’lum qilishlaricha, mazkur nufuzli festival Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Rossiya, O‘zbekiston, Serbiya va Belarusdan 220 dan ortiq arizalar qabul qilingan.
Agentlik buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan suratga olingan “Oy borib, omon qaytganlar” filmi o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, fidokorona mehnati va g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring