Oʻzbek boks maktabi asoschisi Sidney Jakson xotirasiga bagʻishlangan film premyera qilindi
Bugun poytaxtimizdagi “Cinema Palace” kino saroyining kichik zalida oʻzbek boks maktabining asoschisi Sidney Jakson xotirasiga bagʻishlangan hujjatli filmning premyerasi boʻlib oʻtdi.
Unda Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi vakillari, Sidney Jaksonning qizi Paina Jakson va uning yaqinlari, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji trener-pedagoglari, oʻzbek boksi faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni Turizm va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Azamov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek, taqdimot marosimida AQSHning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi, janob Daniyel Rozenblyum ham ishtirokchilarga videomurojaat shaklida qutlov yoʻlladi.
“Sidney Jakson fenomeni” nomli hujjatli filmi “Shayxontohur-film” kinostudiyasi tomonidan “Orient Finance Bank” va “Golden House”ning mualliflik huquqini taqdim etishi asosida Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda tasvirga olindi. Filmning ssenariy muallifi va prodyuseri Boris Babayev, rejissyor esa Navruza Biynazova.
Filmda afsonaviy murabbiyning Oʻzbekistondagi hayot yoʻli va faoliyatining koʻplab muhim sahifalari haqida uning qizi, hozir Toshkentda istiqomat qiluvchi Paina Jakson soʻzlab bergan.
Shuningdek, filmda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Boboyev, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov, Sidney Jakson shogirdlari — boks afsonasi Rufat Risqiyev, boks faxriylari Mirsolih Sagatov, Rinat Yusupov va boshqalar ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring