Ozarbayjonda Oʻzbekiston rassomlarining “Oshiq darvesh” nomli koʻrgazmasi ochildi
Ozarbayjon milliy sanʼat muzeyida Oʻzbekiston zamonaviy miniatyura sanʼati ustalarining “Oshiq darvesh” nomli koʻrgazmasi ochildi.
Mamlakatimiz elchixona va Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu koʻrgazma ikki qardosh mamlakat oʻrtasida sanʼat sohasida hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro tadbirlar orqali madaniy merosimizni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi direktori Kamola Akilova, elchi Baxrom Ashrafxonov, shuningdek, taniqli oʻzbek rassomlari, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari, Ozarbayjon milliy sanʼat muzeyi, Ozarbayjon rassomlar uyushmasi rahbariyati va yetakchi ozar madaniyat va sanʼat namoyondalari ishtirok etdi.
“Oshiq darvesh” nomli koʻrgazmada 80 dan ortiq tasviriy va dekorativ sanʼat asarlari namoyish etilmoqda.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi va Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlar, tajriba va bilim almashish, koʻrgazmalar, ilmiy seminarlar va konferensiyalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Koʻrgazma 8-may kuniga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring