Ozarbayjon Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash toʻgʻrisida

12:30 30 Avgust 2022 Hujjatlar
1473 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy maʼno-mazmun hamda yangi tashabbuslar bilan boyitish, ikki mamlakatning qardosh xalqlari oʻrtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

Mammadova Gulyanaq Zakir qizi - R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

Mustafayev Shahin Majid oʻgʻli - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti boʻlim mudiri, akademik

Askarov Ramiz Baxshali oʻgʻli - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor

Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon – Turkmaniston – Oʻzbekiston adabiy aloqalari” boʻlimi mudiri

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?