OTP Bank Ipoteka-bankning 75 foiz ulushini rasman sotib oldi

17:10 13 Iyun 2023 Iqtisodiyot
1025 0

Foto: Ipoteka-bank

O‘zbekiston bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etayotgan birinchi g‘arb banki sifatida OTP Bank, mamlakatning beshinchi yirik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasasi – “Ipoteka-bank”ning asosiy aksiyadoriga aylandi. Bu haqda bank rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Xabarga ko‘ra, bugun bankni sotib olishning birinchi bosqichi yakunlandi, OTP Bank Ipoteka-bankning Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 75 foizini sotib oldi, qolgan 25 foizi 3 yillik muddatda sotib olinadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida OTP Guruh o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan birinchi davlat bo‘lib, o‘zbek bank bozoriga kirish Guruh tarixida yangi sahifa ochadi. Ipoteka-bank aktivlari bo‘yicha bank bozorining 7,6 foiz ulushiga hamda 1,5 millionga yaqin chakana mijozlarga ega. Ushbu (egalik huquqini o‘tkazish bilan bog‘liq) bitimIpoteka-bank mijozlaridan hech qanday harakatni amalga oshirishni talab qilmaydi.

OTP Bank 2020 yil oxiridan buyon O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi. 2022 yilning dekabr oyida, Toshkent shahrida tomonlar mamlakatning beshinchi yirik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasasi – Ipoteka-bankning Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalarining 100 foizini (umumiy bank aksiyalardagi ulushi taxminan 98 foiz) OTP Bank tomonidan sotib olish yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan edilar. Bugun moliyaviy amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi va OTP Bank Ipoteka-bankning qonuniy nazorat organiga aylandi. Natijada, OTP bank Ipoteka-bankning 73,41 foyiz egaligi bilan asosiy aksiyadoriga hamda bilvosita bankka tegishli moliyaviy lizing bilan shug‘ullanuvchi “Ipoteka lizing” va sug‘urta xizmatlarini taklif qiluvchi “Imkon-Sug‘urta” jamiyatlarining egasiga aylandi.

Avvalroq, “Ipoteka-bank” 324 million dollarga sotilgani haqida ma’lum qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер