OTMga kirish oʻzgarishsiz qoldi. Oldinroq minimal oʻtish bali oshirilishi aytilgandi

19:15 28 Iyul 2024 Ilm-fan
399 0

Avvalroq, kirish imtihonlarida oʻtish ballari 56,7 ball boʻlmasligi haqida xabar bergan edik.

Unga koʻra, 2024-2025- oʻquv yili uchun oʻtish ballari:

sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;

boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilangan edi.

Ammo vazirlik 2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali oʻzgarishsiz qolganini eʼlon qildi.

Vazirlik axborot xizmatining qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy taʼlim muassasalariga davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер